Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/04/2026
Chop etish
Jizzaxda Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan tantanali saf yurishi o‘tkazildi.

Jizzax viloyatida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tantanali harbiy saf yurishi hamda “Otlar paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Jizzax viloyati davlat xizmatlari markazi binosida boshlangan tadbir Sharof Rashidov haykali maydonigacha davom etdi. Unda harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Jizzax davlat pedagogika universitetidan 500 nafar talaba-yoshlar ham faol qatnashib, bayramona muhitga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tantanali yurish davomida milliy an’analar, harbiy intizom va vatanparvarlik ruhi namoyon etildi.


Ulashish:
568
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...