Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/05/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakultetida ota-onalar bilan muloqot uchrashuv tashkil etildi.
1 kurs talabalari va ularning ota onalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni universitet Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.

U o‘z so‘zida talaba, ustoz va ota -ona hamkorligi ilk navbatda talaba uchun ko‘plab muvaffaqiyatlar eshigini ochishga turtki bo‘lishini. odob-axloq qoidalariga rioya qilib bugun ilm olish ilinjida muqaddas dargohga qadam qo‘ygan navnihollarining kelajagi har bir ota-ona va ustozning birinchi navbatdagi vazifasi bo‘lmog‘i lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuvda shuningdek, kiyinish madaniyati, ijara xonadonlari va talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash holati, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yangiliklar, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, uning salbiy oqibatlari, talabalarining ijtimoiy faolligi xususida so‘z bordi. Berilgan ma’lumotlar bo‘yicha barcha savollarga javoblar berildi.

Ota-onalar tomonidan bildirilgan takliflar va tavsiyalar tinglandi. Uchrashuv so‘ngida faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar tantanali tarzda topshirildi.


Ulashish:
1 085
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.