Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida xorijiy talabalarni jalb etish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Mazkur muzokarada Nepal davlatida faoliyat yurituvchi «Yatri Educational Consultancy» mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi doktor Gayatri Prasad Sharma (Ashis) ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida xorijiy abituriyentlarni saralash va qabul qilish mexanizmlari, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi hamda ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, tibbiyot yo‘nalishida ta’lim olayotgan xorijiy talabalar uchun o‘quv jarayonini xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish, ingliz tilida dars olib boradigan yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish, zamonaviy o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar talabalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, jumladan, yotoqxona bilan ta’minlash, transport va moslashuv (adaptatsiya) jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirish va uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish borasida aniq tashkiliy va amaliy qadamlarni belgilab olishga kelishib olindi.


Eslatib o’tamiz: Jizzax davlat pedagogika universiteti kirish ballari (https://infoedu.uz/oliygoh/jizzax-davlat-pedagogika-universiteti) va qabul kvotalarti bilan ushbu sahifada tanishib chiqishingiz mumkin:


https://infoedu.uz/oliygoh/jizzax-davlat-pedagogika-universiteti

Ulashish:
2 025
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.