Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/10/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Volontyorlar markazi ochilish marosimi boʻlib o’tdi.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.

-Yaqin-yaqingacha ko‘pchilik volontyorlik haqida ma’lumotga ega emas edi. Hattoki volontyorlikni kasb va bunga haq to‘lanadi deb o‘ylaydiganlar borligi mana bugunga kelib ayon bo‘lmoqda. Eng achinarlisi, volontyorman, deb uning ortidan manfaat izlayotganlarning ko‘pligi. Xo‘sh, ko‘ngillilar, ya’ni volontyorlar kimlar? Bular jamiyat uchun foydali ish qilishni istaydigan har xil odamlardir. Ko‘ngillilar bolalar, talabalar va nafaqaxo‘rlar, sahna yulduzlari, ijodkorlar, siyosatchilar va jamoat arboblari bo‘lishi mumkin. Volontyorlikning eng faol ko‘rinishi qiyin hayot sharoitida bo‘lgan odamlarga yordam berishdir — bular nogironlar, yetim bolalar, yolg‘iz keksalar.Volontyorlarning maqsadi: ularni moddiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilish, jamiyatda ijtimoiylashish uchun yangi imkoniyatlarni ochishdir. Hozirgi kunda ko‘plab xayriya fondlari va ko‘ngillilar tashkilotlari ijtimoiy ko‘ngillilik bilan shug‘ullanmoqdalar.Volontyorlarning faoliyati turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, vatanparvarlik tarbiyasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar paytida yordam ko‘rsatish. Tadbirda ana shunday ko‘ngilli volontyor yoshlar yig‘ilganiga shubha qilmaymiz,-deydi S.Nazarqosimov

 

Markazda volontyor yoshlar bo’sh vaqtlarida faolliyat yuritadi. Volontyorlik markazlari ijtimoiy tarbiya, fuqarolikni va vatanparvarlikni shakllantirish, professor – o‘qituvchilar va talabalarning mehnati hamda ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning kasbiy, shaxsiy va boshqarish ko‘nikmalari rivojlanishiga imkon yaratish, shuningdek, yoshlarning mehnat va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun  Volontyorlik markazi tashkil etiladi.Tadbir so‘ngida faol yoshlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
1 758
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...