Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari hamda faxriy professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning kichik yig‘ilishlar zalida tashkil etildi.

Marosimda universitet rahbariyati, soha prorektorlari, sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari, jangchi faxriylar, zaxiradagi harbiylar, universitet Kasaba uyushmasi hamda Nuroniylar kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori maslahatchisi Qodirov G‘ayrat O‘roqboyevich ochib berib, Vatan himoyachilari kunining mazmun-mohiyati, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda harbiylar hamda faxriylarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

Marosim davomida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan sport musobaqalari g‘oliblari, jangchi faxriylar va zaxiradagi harbiylar tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbir so‘nggida so‘z Jizzax davlat pedagogika universiteti Nuroniylar kengashi raisi, professor Hamidulla Abdullayevich Meliyevga berildi. U o‘z nutqida Vatan himoyachilarini bayram bilan qutlab, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.


Ulashish:
3 033
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...