Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/08/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni rasmiylashtirdi.

Suhbatlarda maktabgacha ta’lim, jismoniy madaniyat va tibbiyot yo‘nalishlarini bitirgan talabgorlar ishtirok etadi. Bugun — suhbatning ilk kuni bo‘lib, ayni paytda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan nomzodlar bilim va qobiliyatlarini namoyish etmoqda.

Suhbat jarayonlari uch kun davom etadi. Unda nomzodlarning nazariy bilimi, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi baholanadi. Tadbirning maqsadi — iqtidorli yoshlarni saralab, ularga oliy ta’limda o‘qish imkoniyatini yaratishdir. Suhbatda ishtirok etayotgan talabgorlarga omad tilaymiz.


Ulashish:
3 626
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.