Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/09/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yangi o‘quv yilida 3360 nafar yosh universitet talabalari safiga qo‘shilib, o‘z hayotining yangi va muhim bosqichini boshlamoqda.

Tantanali tadbirda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Dilmurod Xudoyshukurov ishtirok etib, viloyat hokimi Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyevning talaba-yoshlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

 

Tadbir davomida ilm-fan va sport sohalarida yuqori natijalarga erishgan talabalar munosib taqdirlandi.

Ayniqsa, 189 ball bilan davlat granti asosida universitetga qabul qilingan Filologiya fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Mamirova Yulduz Shuhrat qizining muvaffaqiyati alohida e’tirof etildi.

Yulduz Mamirova so‘zga chiqib, xalqaro maydonga dadil yuz tutayotgan JDPUni tanlaganidan mamnun ekanini, universitetda o‘z orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Shuningdek, universitet rektori Maksudjon Abdullayevich Yuldashev yangi talabalar, ularning ota-onalari va tadbir mehmonlarini qutlab, yoshlarga talaba sifatidagi yangi mas’uliyat va imkoniyatlardan unumli foydalanish tilagini bildirdi.

Tantana universitetning iste’dodli va ijodkor talaba-yoshlari hamda musiqa ta’limi yo‘nalishi o‘qituvchilari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.


Ulashish:
623
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.