Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar ligasi” suv polosi musobaqalarining 2-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqalarda Jizzax politexnika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirok etmoqda.

Ushbu bosqich yoshlarga jismoniy tayyorgarlikni oshirish, sport mahoratini namoyon etish va universitetlararo do‘stona raqobat muhitini yaratish imkonini beradi.

Musobaqalar davomida talabalar o‘z jamoalari safida kuch sinashib, suv polosi bo‘yicha eng kuchli jamoani aniqlaydi.

Tadbir doirasida sportchilarning intizomini va jamoaviy ruhini oshirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Ulashish:
546
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...