Musobaqalarda Jizzax politexnika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirok etmoqda.
Ushbu bosqich yoshlarga jismoniy tayyorgarlikni oshirish, sport mahoratini namoyon etish va universitetlararo do‘stona raqobat muhitini yaratish imkonini beradi.



Musobaqalar davomida talabalar o‘z jamoalari bilan kurashib, suv polosi bo‘yicha eng kuchli universitetni aniqlashadi.




Tadbir doirasida sportchilarning intizomi, jamoaviy ruhini oshirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.







