Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Psixologlar kuni keng nishonlandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida 22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlarning psixologik bilim va kompetensiyalarini baholashga qaratilgan “Psixologik mahorat bellashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilar turli psixologik vazifalarni bajarish, kommunikatsiya qilish mahorati, kreativ fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish kabi muhim ko‘nikmalar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Qatnashchi guruhlar 4 shartdan iborat tanlovda o‘z mahoratlarini namoyish etib, hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

 

Bellashuv natijalariga ko‘ra: • 1-o‘rin — Psixologiya yo‘nalishining “Intellekt” jamoasiga; • 2-o‘rin — Amaliy psixologiya yo‘nalishining “Psixoenergiya” jamoasiga; • 3-o‘rin — Psixologiya yo‘nalishining “Insight” jamoasiga nasib etdi.

Tadbir yakunida g‘oliblarga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Ushbu bellashuv talaba-psixologlarning kasbiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlari hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

Fakultetda tashkil etilgan mazkur sa’y-harakatlar kelgusida malakali, zamonaviy tafakkurli va inson psixologiyasini chuqur anglay oladigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 614
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.