Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2023
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Professorlar bog‘i” tashkil etildi.

Universitetda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Professorlar bog‘i” tashkil etilib, ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika  universiteti rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan aksiyada oliygohda faoliyat olib borayotgan professorlar hamda fan doktorlari nihol ekin ishlarida  faol ishtirok etishdi.

– Mazkur tashabbus  davlat rahbari ilgari surgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  o‘tkazilmoqda, – deydi professor Xudargan Mavlonov,  –bugun universitetda 50 ga yaqin professorlar faoliyat olib boradi. Erta tongdan har birimiz o‘zimiz uchun belgilangan hududga ko‘chat ekish ishlarini boshlab yubordik. Bu yerga qadalgan har bir ko‘chat noyob daraxt turlaridan hisoblandi.  Birgina qizil bargli olxo‘ri  ko‘chatini olaylik. Bu daraxt 6 metrgacha o‘sadi. Daraxtning qizil va binafsharangli barglari bahor faslidan to kuz fasliga qadar bir xil rangda yashnab turadi. O‘zgachaligi bilan ajralib turuvchi bu daraxt  “Professorlar bog‘i” ga go‘zallik baxsh etib turishga ishonaman.

-Shu davrga qadar juda ko‘p bog‘ tashkil etilgandan xabarim bor-u, “Professorlar bog‘i” haqida ilk marotaba eshityapman va bu jarayonning guvohi bo‘lib turibman,- deydi  professor Jumanazarov. Universitetimiz professorlari tomonidan ekilgan bu nihollar vaqti kelib tabiatimiz musaffoligiga xizmat qiladigan ajoyib bir bog‘ga aylanadi. Shu oliygohga yangi ishga kelgan vaqtlarimda  shahrimizdagi O‘rda bog‘iga juda ko‘p hamkasblarimiz bilan ko‘chat ekkan edik. Bugun “O‘rda bog‘i” da biz ekkan nihollar ulkan daraxtlarga aylangan. Ana shu ezgu niyatlarimizning davomi sifatida Bugun ko‘plab hamkasblarimiz bilan birga “Professor bog‘i”da daraxt ko‘chatlarini ekishda qatnashdik. Ishonamanki, bu bog‘ yillar o‘tib ko‘rkam qiyofaga kiradi va bu yer “O‘rda bog‘i”dek tarixiy maskanga aylanadi.

 

Kun davomida ish qizg‘in davom etdi. Universitetda tashkil etilayotgan “Professorlar bog‘i” ga bugun 100 ga yaqin ko‘chat ekildi.


Ulashish:
1 146
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.