Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nuroniylardan talabalarga kitob sovg‘asi” nomli xayrli aksiya tashkil etildi.

Ushbu tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ayniqsa, universitetda faoliyat yuritayotgan 55 va undan katta yoshdagi professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur aksiya yoshlarga ilmiy va badiiy adabiyotlarni yetkazishda muhim qadam bo‘ldi.

Aksiya doirasida boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Umirzoq Jumanazarov o‘z shaxsiy kutubxonasidan 14 nomdagi jami 600 dona monografiya, o‘quv qo‘llanma va lug‘atni universitet Axborot-resurs markaziga taqdim etdi.

Ushbu kitoblar pedagogika, filologiya va boshlang‘ich ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qimmatli manba bo‘lib, ularning bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
536
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...