Tanlov dasturiga muvofiq, ishtirokchilar o‘zini tanishtirish, inklyuziv yondashuv asosida intervyu, savollarga javob berish hamda sevimli mashg‘ulotlarini namoyish etish kabi shartlar asosida bellashdilar.
Ushbu jarayon orqali mentorlarning bilim, tajriba va kasbiy salohiyati har tomonlama baholandi.


Tanlov Ravshan Jo‘rayevich boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvning asosiy maqsadi — ilg‘or va mahoratli pedagoglar tajribasini ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.




Dastlabki bosqichda 35 nafar mentor ishtirok etib, saralash natijalariga ko‘ra 7 nafar eng munosib mentor keyingi bosqichga yo‘l oldi. Saralangan ishtirokchilar 4 ta shart asosida o‘zaro kuch sinashdilar.





Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng mahoratli mentor Turg‘unov Ulug‘bek Bahodir o‘g‘li 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek,Kenjayeva Sanobar Ibragimovna 2- o’rin, G‘aniyeva Xayriniso Baxtiyorovna 3-o‘rin sohiblari bo’lishdi.




E’tiborlisi, saralangan 7 nafar mentorni 2026-yil aprel oyida universitet hisobidan Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
