Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/01/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Universitet jamoatchilik kengash tarkibi ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdi dastavval, 2023-2024-o‘quv yili 1-yarmida kafedra va tegishli bo‘limlarda bo‘sh (vakant)  lavozimlarga nomzodlarni suhbatdan o‘tkazish komissiyasi axboroti tinglandi.

Shundan so‘ng 2023-2024-o‘quv yili uchun kafedralardagi stajyor-o‘qituvchi, o‘qituvchi, katta o‘qituvchilarni Jizzax haqiqati gazetasining tegishli sonidagi e’longa muvofiq tanlovdan o‘tkazish natijalari haqidagi hisoboti kengash a’zolari muhokamasiga qo‘yildi.

Yig‘ilishda shuningdek, Universitet ta’lim yo‘nalishlarida 2023-2024 o‘quv yili I yarmida tegishli fanlardan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish va baholashning dastlabki yakunlari, ta’lim yo‘nalishlarida o‘tkazilgan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish va baholash jarayonida talabalarning appelyatsiya komissiyasiga murojaatlari natijalari talaba qizlarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va Ota-onalar kengashlari ish faoliyati haqida ma’ruzalar qilindi.


Ulashish:
1 033
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.