Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/08/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, JDPUda 2024-2025 o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislik ta’limiga talabgorlar topshirgan yo‘nalishlari mohiyatidan kelib chiqqan holda suhbat shaklida imtihon topshirishdi.


Imtihon jarayonida universitet rektori professor Sharipov Shavkat Safarovich ishtirok etib, barcha talabgorlarga omad tiladi. Imtihonlar universitet mas’ullaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiyasi tomonidan olib borildi va nazorat qilindi.


Ulashish:
2 111
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.