Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/09/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov oliygoh majlislar zalida Mintaqaviy ingliz tili ofisi boshlig‘i Kevin MakKoy, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi koordinatori hamda ingliz tili mutaxasisi Sandra Elizabet Israel, ingliz tili o‘qituvchi assistenti Natasha Netzorg bilan uchrashdi.

Davra suhbati mobaynida har ikki tashkilot hamkorligi va istiqbolli rejalari borasida suhbat olib borildi. Shuningdek, Sh.Sharipov yurtimizning ta’lim dargohlarida, jumladan JDPUda chet tillarini xususan ingliz tilini o‘rganish va o‘qitish borasidagi olib borilayotgan islohotlar va bu boradagi yuksak natijalar haqida ma’lumotlar keltirdi.

 

So‘ngra 2024-2025 o‘quv yili mobaynida Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasida mutaxassis o‘qituvchi vazifasida o‘z faoliyatini olib boruvchi Sandra Elizabet Israel bilan yaqindan tanishilib, uning ish tartibi borasida fikr almashildi. Natasha Netzorg esa JDPU qoshidagi akademik litseyda faoliyat olib borilishi ta’kidlandi.

Ushbu mutaxassislar yordamida talabalarimizning ingliz tilidagi bilimlarini yanada mustahkamlash va ularga “til egasi” bilan muloqot qilish imkoniyati yaratilganligi, buning natijasida ularning ingliz tilida muloqot jarayonida o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Uchrashuv mazmunli va samarali tarzda yakunlandi. So‘ngra Mintaqaviy ingliz tili ofisi boshlig‘i Kevin MakKoy Xorijiy tillar fakulteti o‘qituvchilari va talabalari uchun «Chet tilini o‘qitishdagi interaktiv usullar» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Universitetda olib borilayotgan Akses dasturi jarayoni bo‘yicha ham suhbat olib borildi


Ulashish:
919
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.