Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/12/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi o’rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirni universitet rektori M.Yuldashev ochib berdi.

 

Uchrashuvda universitet va maktab rahbarlari, prorektorlar, xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Tomonlar ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va “Ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, xorijiy o‘qituvchilarni universitet ta’lim jarayoniga jalb etish, fan o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etish va o‘quvchilarni olimpiada hamda tanlovlarga tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Jizzax davlat pedagogika universiteti va Prezident maktabi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi, universitet va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida esa memorandum imzolandi.


Ulashish:
2 456
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...