Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori huzuridagi 4-sonli yig‘ilishi dolzarb mavzularga bag‘ishlandi.

Unda universitet kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, milliytarbiya.uz platformasidan faol foydalanish va “Ma’rifat darslari”ni samarali tashkil etish. Professor-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonlarini takomillashtirish, universitet ilmiy salohiyatini oshirish Scopus va Web of Science bazalaridagi jurnallarda maqola nashr etilishining 2025-yil rejasining bajarilish bo‘yicha bir qator muhim masalalar muhokama etildi.

“Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti — yangi imkoniyatlar eshigi! -deydi universitet rektori M.Yuldashev

O‘zbekiston so‘nggi yillarda aviatsiya va transport infratuzilmasini yangilash bo‘yicha ulkan qadamlar qo‘ymoqda. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda universitet rektori ana shu dolzarb masalaga to‘xtaldi. Poytaxt yaqinida barpo etilayotgan “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti mamlakatimizning yangi logistika va turizm markaziga aylanadi.Bu aeroport yiliga 20 million yo‘lovchi va 129 ming tonna yukni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyiha Saudiya, Yaponiya va Koreya kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro konsorsium hamkorligida amalga oshirilmoqda.

🔹 62 ta havo kemasi uchun maydon 🔹 14 ta teleskopik trap 🔹 46 ming m² servis va Duty Free maydoni 🔹 200 ming yangi ish o‘rni Bu mega-loyiha nafaqat transport tizimini, balki servis, turizm, til va inson bilan ishlash madaniyatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor M.A. Yuldashev ta’kidlaganidek:

“Yangi aeroportlar qurilishi — bu faqat texnika emas, balki inson kapitali va xizmat madaniyatini yuksaltirish jarayoni hamdir. Oliy ta’lim muassasalari zamonaviy, xalqaro talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashga tayyor bo‘lishi kerak.”

 Yangi aeroport — yangi ish o‘rinlari, yangi imkoniyatlar va yangi avlod mutaxassislarini yaratadi!


Ulashish:
2 117
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...