Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati 1–2-sonli talabalar turar joylarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich boshchiligida universitet rahbariyati, soha prorektorlari hamda tegishli bo‘lim mudirlari 1–2-sonli talabalar turar joylarida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida TTJ binolari, talabalar xonalari, umumiy foydalanish hududlari hamda har bir qavatda joylashgan dam olish xonalarining holati o‘rganildi. Shuningdek, talabalar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish maqsadida dam olish xonalarini yangi dizayn asosida ta’mirlash, TTJ hududidagi kutubxonalarni qayta rekonstruksiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, talabalar turar joylarida yaqinda tashkil etilgan tibbiyot xonalarining faoliyati va moddiy-texnik holati ham ko‘zdan kechirildi. Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida dori-darmon vositalari zaxirasini to‘ldirish, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha zarur tavsiya va aniq topshiriqlar berildi.

O‘rganish jarayonida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, talabalar yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda ta’lim olish bilan bir qatorda mazmunli dam olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli taklif va vazifalar belgilandi.

Universitet rahbariyati tomonidan talabalar turar joylaridagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’kidlandi.


Ulashish:
1 866
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...