Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/05/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Pencak Silat sport turidan xalqaro musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax Kibersport Arenasida bo‘lib o‘tgan marosimda xalqaro va milliy delegatsiya vakillari, 600 dan ziyod sportchilar, murabbiylar, hakamlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar bu kabi musobaqalar nafaqat chempionlarni yetishtirishga, balki millatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va madaniy almashinuvni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi.

 

«Biz uchun bu musobaqaga mezbonlik qilish – katta sharaf va mas’uliyat. Jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika, sport va ta’lim sohalarida xalqaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga intiladi. Ushbu tadbir ana shu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biridir. Bugun Jizzaxga kelgan har bir mehmon – bizning aziz do‘stimiz,hamkorimiz va qadrli mehmonimizdir. Universitetimiz jamoasi musobaqaning yuqori darajada o‘tishi, barcha ishtirokchilarning munosib qabul qilinishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar etgan. O‘ylaymanki, barcha sportchilar ushbu nufuzli musobaqada faol, halol va yuksak ruhda ishtirok etishadi”-deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Pencak Silat – bu faqat sport emas, bu – madaniyat, tarbiya, birdamlik va tinchlik ramzidir. Sportning PINCHAK-SILAT turi bo‘yicha Jizzax Davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston PINCHAK-SILAT federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga 16-may kuni start berildi. Musobaqalar 19-may kuniga qadar davom etadi.


Ulashish:
923
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.