Tadbir universitetning “Xalqlar döstligi” klubi taşabbusi bilan Rus tili va adabiyoti kafedrasi hamkorligida taşkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, talaba-yoşlarda turli xalqlarning madaniyati, milliy qadriyatlari va an’analariga hurmat tuyğusini şakllantirişdan iborat böldi.







Dastur davomida xalqlar paradi, milliy raqslar, xalq va zamonaviy qöşiqlar, turli tillardagi ijodiy çiqişlar namoyiş etildi. Iştirokçilar turli xalqlarning boy madaniy merosi va öziga xos an’analari bilan tanişdilar.





Tadbirda Rossiya xalqlar döstligi universiteti (RUDN) professori, filologiya fanlari doktori Aleksey Arzamasov iştirok etib, xalqlar örtasidagi döstlik, özaro hurmat va xalqaro hamkorlikning ahamiyati haqida söz yuritdi. Şuningdek, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Abdunazar Nurmanov tadbirning yoşlarni bağrikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalaşdagi örnini ta’kidladi.







Boşlanğiç ta’lim yönalişi talabalari hamda Guljahon Quvnoqova rahbarligidagi talabalar guruhi ham ijodiy çiqişlari bilan qatnaşdi. Universitet o‘qituvchisi Ulug‘bek Turgunov rahbarligidagi “Xalqlar do‘stligi” klubi hamda Rus tili va adabiyoti kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xalqlar paradi, milliy raqslar, qo‘shiqlar va turli tillardagi ijodiy chiqishlar namoyish etildi.









Mazkur tadbir xalqlar örtasidagi döstlikni mustahkamlaş, madaniyatlararo muloqotni rivojlantiriş va yoşlarning ijodiy salohiyatini namoyon etişga xizmat qildi.
