Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasining AQSh, New York shahridagi Columbia Universityga tashrifi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi AQShning Nyu York shahridagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Columbia University (Kolumbiya universiteti) ga rasmiy tashrif buyurdi.
Columbia University — dunyoning eng yaxshi TOP 20 ta universiteti qatoriga kirgan, Nyu-York shahrining yuragida joylashgan, ilm-fan, innovatsiya va ilg‘or ta’lim dasturlari bilan tanilgan universitetdir. Mazkur tashrif Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadami bo‘ldi.


Tashrif davomida delegatsiya Columbia universitetining Teachers College, School of Education, hamda International and Public Affairs fakultetlari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ular raqamli ta’lim, pedagogik innovatsiyalar, o‘qituvchilarning kasbiy rivoji va ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish borasida uchrashuvlar o‘tkazdilar.


Tashrif yakunida Columbia University vakillari O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi islohotlar va Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro ochiqligi, yosh kadrlarni tayyorlashdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar.
Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, global ta’lim maydonida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining nufuzini oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 445
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.