Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/09/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yoshda. Ustozni yodlab …

Ulug‘lardan hikmat bor. O‘tganlarni ulug‘lash tiriklarga hadya bermoq bilan barobardir. Shunday insonlar borki, ularning vafotidan keyingi sog‘inch vaqt o‘tishi bilan nafaqat unutilmaydi, balki borgan sari chuqurlashib boradi. Ana shunday ustozlardan biri Jizzax davlat pedagogika universitetining birinchi rektori, professor B.O‘rinboyevdir.  Jizzax davlat pedagogika universiteti 50-yillik tantanalarini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan “Barhayot siymo” ma’naviy-ma’rifiy tadbiriga  universitetning birinchi rektori professor B.O‘rinboyevning farzandlari, shogirdlari taklif etildi. Mehmonlar dastlab universitet rektori qabulida bo‘lishdi. Samimiy suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitet rektori oliygohga birinchilardan bo‘lib rahbarlik qilgan ustoz B.O‘rinboyevning yaxshi fazilatlari, fidoyiliklari haqida so‘zladi. Shundan so‘ng mehmonlar universitet hayotiga bag‘ishlangan panno va qaydlarni hurmat bilan ko‘zdan kechirdilar.

Universitet bilan tanishuv…

JDPU birinchi rektori B.O‘rinboyev xotirasiga bag‘ishlangan » Barhayot siymo» ma’naviy-ma’rifiy tadbiriga taklif etilgan mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. «Professorlar bog‘i»da bo‘lishdi.

Ulug‘ ustozning yodi

Jizzax davlat pedagogika universiteti 50-yillik tantanalari munosabati bilan tashkil etilgan  “Barhayot siymo» ma’naviy-ma’rifiy tadbiri madaniyat saroyida davom etdi. Tadbirda B.O‘rinboyevning safdoshlari, oila a’zolari, hamqishloqlari, yaqin do‘stlari va shogirdlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.  Tadbirni universitet rektori Sh Sharipov ochib berdi. U o‘z so‘zida olimning oliy ta’lim ravnaqiga, tilshunoslik ilmining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi ulkan ekanligini ta’kidladi. Shundan keyin marhum professor B. O‘rinboyevning farzandlari, hamkasblari va shogirdlari ustozni xotirlab so‘zga chiqishdi. Ular shu oliygohni tashkil etishda qatnashgan  ko‘plab ustozlarning xizmatlari va yodda qolgan esdaliklarini so‘zlab berishdi.

Aqlini taniganidan to so‘nggi kuni, so‘nggi nafasigacha ilm o‘rgangan B.O‘rinboyevning mehnatlari zoye ketmadi, u o‘zidan yuzlab shogird va ezgu amallarni  qoldirdi.Tadbirda olimning oila a’zolari va shogirdlariga universitet 50-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan esdalik sovg‘alari va 5 jilddan iborat “Universitet sari odimlar” kitobi topshirildi.


Ulashish:
1 000
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.