Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/05/2025
Chop etish
Jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari boshlandi.

“Sog‘lom inson — sog‘lom millat”

“Talabalar festivali” doirasida joriy yilning 8-may sanasidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga start berildi.

Bugun, 2025-yil 8-may kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti sport zalida yoshlarni jismoniy harakatga yo‘naltirish, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga rasmiy start berildi. Mazkur loyiha bir qator hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Sport sinovlarining ochilish marosimi respublikamizning 14 ta hududidagi oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlar bilan onlayn tarzda bog‘lanib, keng ko‘lamda o‘tkazildi.

Unda Jizzax viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ham Zoom platformasi orqali markazlashgan holda ishtirok etishdi.

 Talabalardan sport sinovlarini qabul qilish jarayoni boshlandi. Suratlarda talabalar 60va 100 metrga pastki startdan yugurish bo‘yicha sinovlarni topshirishimoqda.


Ulashish:
1 086
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.