Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2022
Chop etish
Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining o‘rni.

JDPU sirtqi bo‘limida tashkil etilgan davra suhbati ana shunday nomlandi.

Davra suhbatida Zarbdor tuman IIB xodimlari, Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahalla faollari va prof-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.  Tadbirda Zarbdor tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Yo. Akaboev hudud aholisi, prof-o‘qituvchilar va talabalar tinchligi hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lida birlashishga, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishga chorladi.

Shuningdek tadbir davomida mahalla faollari, oqsoqolar ham so‘zga chiqib korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazoratini ta’minlash, bu borada avvalo aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhit shakllantirilmasa, ijobiy natijaga erishib bo‘lmasligini ta’kidlashdi.


Ulashish:
1 098
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.