Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/04/2026
Chop etish
JDPUning doktorantlari uchun “Akademik harakatchanlik” bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy bo‘linmasi rahbari Sur’at Isomiddinov tomonidan doktorantlar uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinadigan “Akademik harakatchanlik” dasturi, tanlovlarda ishtirok tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish va baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadqiqot loyihalarini to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar taqdim etilib, doktorantlarning savollariga mutaxassislar tomonidan asosli va keng javoblar berildi. Tadbir ishtirokchilarga ilmiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun amaliy ko‘nikmalarni oshirish imkonini yaratdi.


Ulashish:
394
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...