Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/02/2024
Chop etish
JDPUga Hindiston davlati oliy ta’lim muassasalarining yetakchi olimlari   tashrif buyurdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetiga Hindiston davlati oliy ta’lim muassasalarining    yetakchi olimlari   Vishal Singh Khutel, Dr. Anand Kumar Tripathi, Kishor Ratnaker Sarsolkar, Hussain Shaikh, Ryan C. Vazlar tashrif buyurdi. Tashrif dastavval universitet rektori Sh.Sharipov qabulidagi  samimiy suhbat  bilan boshlandi. Uchrashuv davomida mehmonlar universitet tarixi bugungi faoliyati talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan  yaqindan tanishishdi.Hindistonlik olimlar talaba yoshlar uchun  tashkil etilgan Steam park faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirib o‘tishdi. Samimiy va ochiq tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda  mehmonlar oliygoh bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.

Mehmonlardan Hussain Shaikh Jahon Banki tomonidan e’lon  qilingan grant dasturida o‘z kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihasini Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirishni kelishib olgan bo‘lsa  Jizzaxda xorijiy tillarni rivojlantirish bo‘yicha taklif bilan kelgan Orangestlates tashkilot rahbari Vishal Singh Khutel Xorijiy tillar fakulteti bilan hamkorlikda faoliyatini davom ettirishni ma’lum qildi.

Hindistonlik vakillardan yana biri Ryan C.Vaz  STEAM  parkda o‘z faoliyatini boshlashga tayyorligini bildirib o‘tdi. Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan Uchrashuv so‘ngida tomonlar Steam ta’lim texnologiyalari, Steam Robototexnika sohasida   memorandumini imzolashdi.


Ulashish:
1 303
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.