Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/04/2024
Chop etish
«JDPUda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish va ularning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish» loyihasi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol -jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish ustuvor maqsadlarimizdan biri hisoblanmoqda. Jumladan, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga   asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘kazishni ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshchiligida hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda «Jizzax viloyatida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish va ularning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish» loyihasi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori,  Sh.Sharipov  ochib berdi. Tadbir mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarmasi prokurori  Islom Marksov yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgna tadbirlar va qilinayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Undan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i  Otabek Musurmonov  yoshlar ishtirokida «Mutolaa» loyihasi  haqida barcha maxlumotlarni yig‘ilganlarga taqdim etdi. Targ‘ibot tadbiri davomida yoshlar ishtirokida «Mutolaa» loyihasi yuzasidan ochiq davra suhbati bo‘lib o‘tdi . Notiqlar  universitet talaba-yoshlarini ushbu loyihada ishtirok etishga chaqirishdi. Tadbirda yozuvchi Javlon Jovliyevning «Qo‘rqma» romani yuzasidan video taqdimot bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng universitetning ijodkor va iqtidorli yoshlari tomonidan tadbir ishtirokchilariga musiqali dam olish dasturini taqdim etishdi.


Ulashish:
1 126
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.