Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/01/2025
Chop etish
JDPUda «Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi va 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» ga bag‘ishlandi. Maktabgacha ta’lim fakulteti hamda Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Jizzax akademik litseyi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbir harbiy parad bilan boshlandi. Talaba yoshlar hamda akademik litsey o‘quvchilaridan iborat harbiy parad musiqa sadolari ostida o‘tkazildi.

 

Tadbirning tantanali qismini fakultet dekani H. Meliyev ochib berdi. Shundan so‘ng tabrik so‘zi uchun navbat Jizzax akademik litseyi jangovar tayyorgarlik boshlig‘i Sh.Adilovga berildi. O‘ziga xos tarzda o‘tkazilgan bayram tadbirini litsey o‘quvchilarining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha chiqishlari davom ettirdi.

 

Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan Vatani ona-yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirga faol talabalarni taqdirlash marosimi yakun yasadi.


Ulashish:
827
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.