Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/01/2025
Chop etish
JDPUda universitetga xorijiy grantlarni jalb qilish bo‘yicha amaldagi loyiha rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha  prorektor G‘. Qodirov ochib berdi. U xalqaro grantlarda ishtirok etishning universitet rivoji va professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishdagi ahamiyati hamda xalqaro grantlarning ilmiy tadqiqotlar, ta’lim dasturlarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlardagi roli to‘g‘risida to‘xtaldi.

 

Seminarda ishtirokchilarga xalqaro grantlarning asosiy turlari va yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, Erasmus+ grant dasturlariga ham alohida to‘xtalib, undagi Jean Monnet Module grant dasturi haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Ushbu grant dasturi orqali ta’lim va tadqiqot sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar haqida so‘z yuritildi.

Universitetning ushbu dastur orqali yangi modullar yaratish imkoniyatlari tushuntirildi. Erasmus+ grant dasturi doirasidagi Jean Monnet Module grant dasturiga ariza topshirish bosqichlari va talablari haqida batafsil yo‘riqnoma berildi. Seminar so‘ngida Ishtirokchilar tomonidan grant dasturiga oid savollar berildi va mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.


Ulashish:
803
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.