Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/12/2024
Chop etish
JDPUda Ta’lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha 2-ichi O‘zbekiston – Ozarbayjon Akademik Forumi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 27 Dekabr kuni “Madaniy meros va uning ta’limga ta’siri” mavzusida Ta’lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha 2-ichi O‘zbekiston – Ozarbayjon Akademik Forumi bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim sohasida tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha 2-ichi O‘zbekiston-Ozarbayjon akademik forumi onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi. Ikkala davlatdan 20 ta universitetdan mutaxassis olimlar taqdimoti bilan qatnashgan tadbirga Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonlik qildi. Forumni Silk Road Research Academy asoschisi, professor Azamat Akbarov ochib berdi. Kirish qismini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, JSPU rektori Sharipov Shavkat davom ettirdi.

Ular tashkil etilgan forumning ahamiyati undan kutilayotgan natijalar xususida to‘xtaldi. Ta’kidlash joizki, Forumdagi taqdimotlar o‘zbek, ozarbayjon, rus va ingliz tillarida taqdim etildi. Forumning maqsadi esa Xalqaro almashinuvni oshirish va rivojlantirish, Madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish, Fanlararo loyihalarni rag‘batlantirish, Yangi bilimlarni yaratish va almashish, Hamkorlikda maqola yozish va loyihalar tayyorlashdan iborat. Forum kun davomida sessiyalarda o‘z ishini davom ettirdi.


Ulashish:
1 043
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.