Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/09/2024
Chop etish
JDPUda Talabalikka bag‘ishlov tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yoshda. Bu yil universitet o‘zining 50 yillik tantanalarini nishonlaydi. Universitet hovlisi bugun ko‘zlari hayajondan porlab bir turgan  birinchi kursga qabul qilingan yoshlar bilan gavjum. Farzandlarini qo‘llab quvvatlash ularning eng baxtli kunini birgalikda nishonlash uchun kelgan ota-onalarning ham quvonchi cheksiz.

Talaba yoshlarni tabriklashga bag‘ishlangan tadbirda shu oliygohda o‘qib, ko‘p yillardan buyon tegishli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan sobiq bitiruvchilar, talaba-yoshlar hamda turli tashkilotlardan mehmonlar ishtirok etishdi.

 

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar oltin davr bo‘lgan talabalikning boshlanish bilan chin dildan qutlashdi.

Tadbir so‘ngida  universitet rektori hamda  oliygohni mazkur yilda tamomlagan bitiruvchilar tomonidan yangi qabul qilingan talabalarga universitetining ramziy kaliti topshirildi.

Talabalikka bag‘ishlov tadbiri birinchi kurslar uchun mo‘ljallangan mustaqillik darslariga ulanib ketdi.


Ulashish:
1 003
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.