Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/11/2024
Chop etish
JDPUda Talabalar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi rasm”, tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Talabalar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi rasm”, tanlovi “Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?” va “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” kabi mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari bilan bir qatorda insholar, she’rlar va rasmlar tanlovlarining universitet bosqichi o‘tkazilib kelinmoqda.

Tanlovlarni o‘tkazishdan asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida ijtimoiy va madaniy faollikni oshirish, ularning shaxsiy rivojlanishlariga hissa qo‘shish, jaholatga qarshi kurashish, ma’rifat va bilimning ahamiyatini tushuntirish, yoshlarda korrupsiyaga, jinoyatchilikka qarshi toqatsizlik ruhini shakllantirishdan iboratdir.

Tanlov g‘oliblarini aniqlash uchun ishtirokchilarining hujjatlarini xolisona va shaffof tarzda baholash maqsadida hamkor tashkilotlarning soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi tuzildi. Ishchi guruhi a’zolari bergan natijalarga ko‘ra “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasm” tanlovida 1-o‘rin Fizika va texnologiya fakulteti talabasi Po‘latov Elzodga, 2-o‘rin Fizika va texnologiya fakulteti talabasi Qobiljonova Jasminaga, 3-o‘rin esa Fizika va texnologiya fakulteti talabasi Shodiqulova Sarvinozga nasib etdi.  Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar diplomlar va universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
889
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.