Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/02/2024
Chop etish
JDPUda  talabalar Maqom ansamblining  hisobot konserti o‘tkazildi.

Konsert dasturidan maqom san’atining mumtoz navolari,xususan A.Navoiy va Z.M.Bobur qalamiga mansub g‘azallar, shashmaqom, kuylari o‘rin oldi.

Ta’kidlash joiz  E.Lutfullayev nomidagi talabalar maqom ansambli respublikadagi OTMlar ichida birinchilardan va san’atda iqtidori baland talab yoshlardan tarkib topgan jamoadir. Ayni paytda  talabalar maqom ansambli izlanishdan, yangi maqom kuylarini o‘rganishdan, unutilayotgan taronalarimizga qayta jon bag‘ishlashdan bir dam to‘xtagani yo‘q.

Shu vaqtga qadar universitetda o‘tgan barcha tadbir va bayramlarda jamoa jonli ijroda konsert dasturlarini namoyish etdi. Bugungi  hisobot konsertida ham jamoa ustozlar, xonandalar, san’at ixlosmandlari uchun tinimsiz izlanishlar mahsulini namoyish etishdi. Konsert davomida talaba yoshlarning, professor-o‘qituvchilarning mumtoz kuylarimizni berilib tinglashini ko‘rib, e’tibor yuksakligidan, eshitadiganlar ko‘pligidan quvondik


Ulashish:
1 104
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.