Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/06/2026
Chop etish
JDPUda “Talabalar bahori – 2026” festivali galakonserti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar bahori – 2026” festivali doirasida galakonsert hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir festivalning eng sara ijodiy chiqishlari bilan boshlandi. Galakonsert davomida talabalarning musiqa, qo‘shiqchilik va raqs san’ati yo‘nalishlaridagi iste’dodlari namoyish etildi.

Festival yakunlariga ko‘ra an’anaviy xonandalik, estrada xonandaligi, cholg‘u ijrochiligi hamda milliy va zamonaviy raqs yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.

Shuningdek, festivalning mutlaq g‘oliblari hamda faol ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

“Talabalar bahori – 2026” festivali yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda iste’dodli talabalarni rag‘batlantirishga xizmat qilgan yana bir yirik madaniy-ma’rifiy tadbir sifatida yodda qoldi.


Ulashish:
817
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...
Sayiljoyi akademik litseyida Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.