Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/10/2023
Chop etish
 JDPUda stritbol bo‘yicha «Besh tashabbus olimpiadasi» boshlandi

Yaqindagina fakultetlararo sport  musobaqalarini o‘tkazgan universitetda bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” ning yana bir muhim musobaqasi, viloyatdagi OTMlar jamoalari o‘rtasidagi sportning stritbol turi bo‘yicha  hududiy final bosqichiga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etilib, unda universitet rahbariyati va boshqa OTMlaridan vakillar ishtirok etdi. Marosimda so‘z olganlar musobaqaning ahamiyati, mazmun mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib, ishtirokchilarga bellashuvlarda omad tiladi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti sport majmuasida o‘tkazilayotgan musobaqalarda 4 ta OTMlar shakllangan jamoalar g‘oliblik uchun bahslarga kirishishdi.

 


Ulashish:
855
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.