Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2023
Chop etish
JDPUda  sohibqiron Amir Temur 687 yilligiga bag‘ishlab “Amir Temur dahosi – adolat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Amir Temur – dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayoti davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson. Yengilmas sarkarda sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Amir Temur — o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun va sarkarda tavalludining 687 yilligi tadbirlari yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Ana shu munosabat bilan  tashkil etilgan tadbirda temuriylarning milliy davlatchilik tarixi, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosi, Amir Temurning dunyo taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi, sarkardaning mardlik, jasorat, adolat, sadoqat hamda vatanparvarlikka yo‘g‘irilgan e’tirofli va ezgu fazilatlari haqida qiziqarli  ma’lumotlar berildi. Tadbirning badiiy qismini Jizzax harbiy garnizoning orkestri ochib bergan bo‘lsa, talabalar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari davom ettirdi.

“Temur tuzuklari” va boshqa tarixiy manbalardan aytilgan fikrlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Talabalar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar hamda Amir Temur hayotiga oid manbalarning o‘zbek, rus, tillarida ifodalanishi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlarning keng nishonlanishi yosh avlodning tariximizga oid bilimini, ulug‘ bobomiz siymosiga hurmat-ehtiromini yanada yuksaltiradi.


Ulashish:
1 138
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.