Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/11/2024
Chop etish
JDPUda «Quvnoqlar va Zukkolar» tanlovining 2024-yilgi mavsumi boshlandi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2024 yilgi mavsum saralash bellashuvlari Xorijiy tillar fakulteti «Ovsinlar » jamoasi,Boshlang‘ich ta’lim fakultetining «Qirolicha» jamoasi, Fizika va texnologik ta’lim fakultetining «Quvnoq ledilar» jamoalarining bellashuvlari bilan boshlandi.Saralash bosqichi 3 ta bellashuvlardan iborat bo‘lib, unda 10 ta fakultetlar jamoalari ishtirok etadilar.

Mazkur bosqich yakunlari bo‘yicha har bir bellashuvda 1- o‘rinlarni egallagan jamoalar final bellashuvlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar. Bugungi bellashuvda Xorijiy tilar fakultetining «Ovsinlar» jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.


Ulashish:
909
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.