Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/06/2026
Chop etish
JDPUda “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar!

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda universitetda raqamli boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universitetida har oyning oxirgi juma kuni “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi.
Ushbu kunda xizmat xatlari, bildirishnomalar, murojaatlar va boshqa xizmat yozishmalari imkon qadar faqat elektron platformalar va raqamli tizimlar orqali amalga oshiriladi.

Ekoaksiyaning asosiy maqsadlari:
🌳 Daraxtlar va tabiiy resurslarni asrash;
📄 Qog‘oz sarfini qisqartirish va tejamkorlikni ta’minlash;
💻 Ish jarayonlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish;
♻️ Ekologik madaniyatni yuksaltirish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish.

Keling, tabiatni asrashga birgalikda hissa qo‘shaylik! Qog‘oz o‘rniga raqamli texnologiyalardan foydalanib, yashil kelajak sari yana bir qadam tashlaylik!


Ulashish:
75
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...