Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/04/2025
Chop etish
JDPUda «Qodiriy kechasi” nomli ijodiy oqshom kechasi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining ijodkor talabalarini birlashtirgan adabiy kechaga ishtirok etganlarning taassurotlari cheksiz. Universitet rektorining kutilmaganda tashrifi kecha ishtirokchilarini yanada ruhlantirdi.

Ushbu kecha O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Abdiyeva Barno tomonidan tashkil etildi. Kecha loyiha rahbarining kirish so‘zi bilan boshlanib, undan so‘ng Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi, asarlari tahlil qilindi. Ayniqsa “O‘tgan kunlar» hamda «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» kabi asarlarning yaratilish tarixi, ushbu asarlarning bugungi kun bilan bog‘liqligi haqida tahlili qilindi.

 

Kechaga kutilmaganda universitet rektori Shavkat Safarovichning tashrifi yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi. Ustozning talabalar bilan birgalikda kechada ishtirok etib, talabalarni kuzatgani va tinglagani, hamma bemalol erkin fikrlar almashib, aynan adabiyot borasida suhbat qurgani ijodiy kayfiyat uyg‘otdi. Ijodiy kecha qahva va shirinliklar bilan suhbat bilan davom etdi.

 

 

📖Aziz talabalar, keyingi safar qaysi ijodkorning ijodiy kechasi tashkil etilishini xohlaysiz?

Taklif va fikrlar uchun: (@Barno_Baxtiyor_qizi)


Ulashish:
2 381
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.