Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/02/2024
Chop etish
JDPUda profilaktika tadbiri o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ya’ni is gazi va ovqatdan zaharlanish, quturish kabi kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mutaxassislar talabalar turar joyi va ijarada yashovchi talabalarga o‘z sog‘lig‘iga e’tibor qaratish, yaroqlilik muddati o‘tgan, yaroqsiz va qo‘lda tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslikni tavsiya qildi. Yig‘ilish yakunida mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.


Ulashish:
1 372
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.