Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
30/03/2025
Chop etish
JDPUda “Plogging: yoshlar o‘rtasida zamonaviy ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

“Ekolog” jamoat birlashmasi, tabiiy fanlar fakulteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan mazkur seminarda tabiat va ekologiyaga befarq bo‘lmagan talaba yoshlar jalb qilindi. 30 mart – Xalqaro chiqindisiz kun munosabati bilan tashkil etilgan seminarni «Ekolog! jamoat birlashmasi vakili, Nodira Alimova ochib berdi. Shundan so‘ng yosh ekotrenerlar jamiyatda ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirishni hamda O‘zbekistonning har bir viloyati, xususan Jizzax shahrida yugurib chiqindini terish (plogging)ni tashkil qilish orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan taqdimotlarini namoyish etishdi. Seminar-trening davomida yosh ekotrenerlar tomonidan atrof-muhitni zararlantirayotgan chiqindi va uning turlari, parchalanish muddatlari, ekologik vaziyatni yaxshilash uchun bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil axborot va ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, plogging (yugurib chiqindi yig‘ish) nima va uning tarixi, dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazilayotgan plogginglar va ularning atrof-muhit va sog‘liq uchun muhimligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.

Kunning ikkinchi yarmida amaliy mashg‘ul, ya’ni plogging o‘tkazildi. Jizzax shahridagi «Navro‘zbuloq» hududi ekovolontyorlar tomonidan yig‘ib olindi.

Plogging yakunida eng ko‘p chiqindi to‘plagan talaba yoshlar jamoat birlashmasi tomonidan rag‘batlantirildilar.


Ulashish:
1 710
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
JDPUda ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
JDPUda jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
Unda Jizzax şahar Içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şerqulov Jasur Mamatquloviç, universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.