Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/10/2025
Chop etish
JDPUda pedagog xodimlarni baholash mezonlari e’lon qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatini samarali baholash mezonlari ishlab chiqildi va e’lon qilindi. Ushbu mezonlar o‘qituvchilarning ilmiy, metodik, pedagogik va kommunikativ salohiyatini har tomonlama baholashga xizmat qiladi.

Mazkur jarayonni sifatli tashkil etish maqsadida 25 nafar namunali professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh tuzildi. Bugun ishchi guruhining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda pedagog xodimlarni baholashning asosiy mezonlari va amaliy tartiblari batafsil tushuntirildi.

Baholash jarayonida har bir pedagog xodim 100 ballik tizim asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:

✅ Tashkiliy qism va darsning metodik tashkil etilishi; ✅ Pedagogik mahorat va kommunikativlik darajasi; ✅ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) qo‘llay olishi; ✅ Talabalar faolligi va ularni baholashning xolisligi; ✅ Ta’lim muhitini yaratish va xavfsizlikni ta’minlash; ✅ Muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantira olishi; ✅ Darsning samaradorligi va natijadorligi; ✅ Vaqtdan oqilona foydalanish.

Tadbirda ta’kidlanishicha, mazkur tizim professor-o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, ilg‘or metodlarni joriy etishi hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishgа xizmat qiladi.Mazkur tashabbus JDPUda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, pedagoglarning malakasini oshirish va ularning mehnatini adolatli baholash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


Ulashish:
1 463
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.