Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
01/03/2025
Chop etish
JDPUda Odob-axloq komissiyasi a’zolari ishtirokida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solib bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida KQKKNTB bo‘lim tomonidan taqdim etilgan “Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida to‘ldirgan yillik deklaratsiyalari tahlili bo‘yicha ma’lumotnoma”ga asosan jami asosiy shtat birligida ishlayotgan 600 nafar professor-o‘qituvchi va 260 nafar xodim manfaatlar to‘qnashuvi mavjud/mavjud emasligi to‘g‘risidagi yillik deklaratsiyani to‘ldirib topshirishgan.

25 nafar professor-o‘qituvchi va xodimning yillik deklaratsiyalaridagi xato-kamchiliklari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu xato-kamchiliklar bartaraf etildi. Shuningdek, 81 ta holatda Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining yaqin qarindoshlari turli fakultet dekanatlari, bo‘limlar va kafedralarda ishlashi va 3 ta holatda yaqin qarindoshi bevosita bo‘ysunuvida ishlashi aniqlanganligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining.11.2024-yildagi 758-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasi “Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati” va “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari bo‘yicha o‘zaro savol javoblar, muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

 


Ulashish:
1 189
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq muloqot
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarning raqamli muhitdagi huquq va majburiyatlari, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq...
“O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...