Uncategorized
Uncategorized
|
10/02/2024
Chop etish
JDPUda «Navoiy izdoshlari» to‘garagining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

9-fevral kuni buyuk siymo, o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi hazrat Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tashkil qilingan «Navoiy izdoshlari» to‘garagining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib Alisher Navoiy ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida muhim ahamiyatga ega ekanliklarini barchaga botma bot ta’kidladi.

Talabalar tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodini aks ettiruvchi qator chiqishlar va spektakl tomoshalari qo‘yib berildi.


Ulashish:
1 543
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.