Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/05/2024
Chop etish
JDPUda «Nafosat «ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Universitetda dizaynerlik faoliyati bilan uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan dizaynerlarlar o‘rtasida “Nafosat-2024” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning maqsadi xotin-qizlarning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, ular o‘rtasida milliy va zamonaviylik uyg‘unligidagi, madaniyatimiz hamda mentalitetimizga mos liboslarni keng targ‘ib qilishdir.

Tanlovda milliy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligida liboslar loyihalari va to‘plamlarini yaratayotgan dizayner yoshlar ishtirok etdi.

Tanlovga taqdim etilgan ishlar «Eng yaxshi talaba qizlar timsoli», “O‘zbekoyim milliy liboslari timsoli», «Eng yaxshi zamonaviy milliy kiyimlar»

 

hamda «Eng yaxshi kiyimlar eskizini chizgan dizayner» nominatsiyalarining shartlariga muvofiq ko‘rib chiqildi.

 

Tadbir yakunida Fizika va texnologiya fakultetining 4 nafar talabalarining liboslari faxrli o‘rinlarga loyiq deb topildi. O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari nominatsiyalar bo‘yicha hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘lib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Bir so‘z bila aytganda «Nafosat 2024» ko‘rik tanlovida nafosatlilar aniqlandi.


Ulashish:
1 079
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.