Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/05/2023
Chop etish
JDPUda Matematika instituti direktori mahorat darsi o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romonovskiy nomidagi Matematika instituti, Buxoro bo‘linmasi rahbari  professor Durdimurod Durdiyev, hamda katta ilmiy xodim Asqar Raxmonov ishtirokida JDPU, Matematika va informatika fakulteti, “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va magistrlari uchun “Kasr tartibli hosilalar va tadbiqlari” mavzusidagi mahorat darsi tashkil etildi.

Professor D.Q.Durdiyev mavzudan tashqari dars davomida Matematika institutining Buxoro bo‘limida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida maʼlumot berib, bugungi kunda matematikaning rivojlanib borayotgan tarmoqlari, matematika ilmiga kirish va ilmiy izlanishlar olib borish, taʼlimida uchrayotgan dolzarb muammolariga to‘xtalib o‘tish bilan bir qatorda yoshlarni qiziqtirgan turli savollarga javob berdi.


Ulashish:
1 557
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...