Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/01/2025
Chop etish
JDPUda «Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Ayol ma’rifati” nomli ilmiy-ijodiy soha vakillaridan iborat Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada viloyatimizdagi barcha OTMlardan olima, ijodkor xotin-qizlar ishtirok etishdi.

ZOOM platformasi orqali ulanib o‘tkazilgan anjumanda yurtimizda xotin-qizlarning ilm olish­lari uchun yaratilgan imkoniyatlar, islom dinida ayollarning ilmli bo‘lishining ahamiyati hamda oilalardagi ma’naviy-axloqiy mu­hitni mus­­tahkamlash xususida so‘z yuritildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oya­larini qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiya­sida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqiy mav­qeini yuksaltirish, oila ins­titutini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab qonunlar, Pre­zident farmon va qarorlari qabul qilindi hamda ular amaliy jihatdan hayotga tatbiq etilmoqda.Tadbirda so‘z olganlar ana shu masalalarga alohida to‘xtalishdi. Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar taqdirlandi.


Ulashish:
722
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.