Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
05/11/2026
Chop etish
JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talabalar klubi yig‘ilishi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi yig‘ilishi tashkil etildi.

Yig‘ilishda klubning yangi a’zolariga uning asosiy maqsad va vazifalari, tashkiliy tuzilmasi, a’zolarning huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, klub faoliyatini kengaytirish, a’zolar sonini oshirish, tanlovlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida talabalar faolligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish doirasida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 31 nafar talabaga klub a’zolik guvohnomalari topshirildi. Shuningdek, klub a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda yuqori natijalarni qayd etgan va faol ishtirok etgan talabalar diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Klub faoliyati korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, talabalarning huquqiy madaniyati va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.

Siz ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubiga a’zo bo‘ling va bu ezgu tashabbusga o‘z hissangizni qo‘shing!

Klub faoliyati haqida batafsil: https://t.me/jdpuantikorrklub/3197


Ulashish:
227
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rahbar va yoşlar uçraşuvi:Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va teng imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida Özbekiston Nogironlar jamiyati Markaziy boşqaruvi raisi Komiljon Abdullayev, iştirokida nogironligi bölgan talabalar bilan uçraşuv ötkazildi.
Payşanba-Rahbar va yoşlar uçraşuvi: Talabalar taşabbuslari qöllab-quvvatlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Payşanba — rahbar va yoşlar uçraşuvi» doirasida Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari iştirokida rektor...
JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talabalar klubi yig‘ilishi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilishda klubning yangi a’zolariga uning asosiy maqsad va vazifalari, tashkiliy tuzilmasi, a’zolarning...