Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
18/04/2025
Chop etish
JDPUda “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Korrupsiya, uning turlari, ko‘rinishlari va oqibatlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan dolzarb masalalar xususida so‘z bordi.

Unda so‘zga chiqqanlar mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga kurashish bo‘yicha “halollik vaksinasi” bilan emlanish lozimligini ta’kidlashdi. Shuningdek @JIZDOSTLIKMFY_BOT anonim bot orqali sotsiologik so‘rovnomada qatnashish va har kim o‘zi to‘g‘ri deb topgan fikrini belgilashi, bu orqali korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillar, sabab va sharoitlarni ma’lum miqdorda bo‘lsa ham aniqlash mumkinligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Davra suhbati davomida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha o‘zaro savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikrlar, takliflar bildirildi.Davra suhbatiga O‘zbekiston Respublikasi DXX Akademiyasi professor va dotsentlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasidan vakillar, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 065
Boshqa rubrikalarda mashhur

“O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...